«Brayton» murabbiyi: «Manchester Yunayted» ancha kuchaydi»

«Brayton» bosh murabbiyi Fabian Xyurseler o‘zaro o‘yindan keyin «Manchester Yunayted» darajasini baholadi. «Qizil iblislar» «chaykalar»ni o‘z uyida mag‘lub etdi (4:2).

«Bu mavsumda «Manchester Yunayted» ancha shiddatli va ixcham o‘ynamoqda, jamoa yaxshiroq himoyalanmoqda. Tarkib sifatliroq to‘ldirilgan. Klub pulni to‘g‘ri tikdi», – dedi Fabian Xyurseler o‘yindan keyin OAV bilan suhbatda.

Ruben Amorim jamoasi ochkolarini 16 taga yetkazib olgan holda musobaqa jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Brayton» 12 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter