Voltemade qaysi grand klubga o‘tishni orzu qilayotgani ma’lum bo‘ldi
«Nyukasl» hujumchisi Nik Voltemade kelajakda qayerda o‘z kuchini sinab ko‘rishni istashini allaqachon biladi.
23 yoshli futbolchi bir kun kelib «Bavariya»ga o‘tishni orzu qilmoqda, deb xabar beradi Bild. Germaniyalik futbolchi o‘tgan yozda myunxenliklarning transfer maqsadi bo‘lgandi, ammo «Shtutgart»ga taklif qilingan shartlar ma’qul kelmadi. Keyinroq futbolchi uchun ancha ko‘proq pul to‘lagan «Nyukasl» keldi.
Voltemade «Nyukasl» uni sotib olishidan oldin «Bavariya»ga o‘tishni juda xohlagan. Hujumchi qachondir myunxenliklar safiga o‘tishiga ishonmoqda, ammo yaqin yillarda emas. «Qarg‘alar» bilan amaldagi shartnoma 2030/31 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/