«Atletiko» kelasi yozda «Barselona» futbolchisini tekinga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

29 yoshli Andreas Kristensen yozda «Atletiko»ga o‘tishi mumkin. Futbolchining «Barselona» bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi – uni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar hozirda olib borilmayapti.

Himoyachi «Barselona»da to‘rtinchi yilni o‘tkazmoqda – Xans-Diter Flik davrida u asosiy tarkibga kamdan-kam kiritilmoqda. O‘tgan mavsumda u La Ligada atigi beshta o‘yin o‘tkazdi.

Kataloniyaliklardan oldin Kristensen besh yil Angliya chempionatida o‘ynagan – «Chelsi»da rotasiya o‘yinchisi bo‘lgan. Shuningdek, u Daniya terma jamoasining asosiy himoyachisi hisoblanadi – 94 ta o‘yin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter