Arteta: «Menga futbolchilarning bunday tashabbusi yoqadi»
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videoga izoh berdi.
Unda jamoa himoyachisi Uilyam Saliba “Fulxem” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng avtobusda “Atletiko” ishtirokidagi bahsni tomosha qilayotgani ko‘rsatilgan. Eslatib o‘tamiz, bugun tunda «Arsenal» «Atletiko»ga qarshi bahs olib boradi.
«Men futbolchilarni bunga undaganim yo‘q. Bo‘lajak o‘yin juda qiyin bo‘lishini tushunamiz, shuning uchun bu haqda qanchalik tez o‘ylay boshlasangiz, shuncha yaxshi.
Menga futbolchilarning bunday tashabbusi yoqadi», – dedi Arteta jurnalistlarga.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/