Allegri «Milan»ning chempionlik ambisiyalari haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi
«Milan» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri 2025/2026 yilgi mavsumda «skudetto»ni yutish vazifasi haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.
Italiya A Seriyasi 7-turidan o‘rin olgan «Fiorentina»ga qarshi o‘yindan so‘ng «Milan» turnir jadvalida peshqadamga aylandi. Allegri bu voqeadan uzoqni ko‘zlab xulosa chiqarmaslikka chaqirdi.
«Jadvaldagi birinchi o‘rin? Biz hech qanday xabar yubormaymiz. Bu g‘alaba edi, mavsumdagi maqsadimizga erishish uchun ko‘proq ochko to‘plashimiz kerak,» – deya matbuot anjumanida xushmuomalalik bilan javob berdi Allegri.
Allegri 2010/2011 yilgi mavsumda ham «Milan»ni Italiya chempioniga aylantirgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/