Flik Baldeni yangi pozisiyada sinab ko‘rmoqchi

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik chap qanot himoyachisi Alexandro Baldeni yangi pozisiyada sinab ko‘rishi mumkin.

Germaniyalik murabbiyning fikricha, 22 yoshli futbolchi hujum qanotlarida o‘zini ko‘rsata oladi: Carrusel Deportivo xabariga ko‘ra, o‘tgan mashg‘ulotda ispaniyalik chap qanot vingeri pozisiyasida harakat qilgan. Katta ehtimol bilan yaqinlashib kelayotgan «Jirona»ga qarshi o‘yinda ham shunday bo‘ladi, chunki «ko‘k-anorranglilar» hujumda kadrlar masalasida muammolarga duch kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak uchrashuvda «Barselona»ga Robert Levandovski, Rafinya Dias, Ferran Torres va Dani Olmo yordam bera olmaydi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:15 da start oladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter