Reshford «Barselona»da qolish uchun maoshini pasaytirishga tayyor

«Barselona» safida ijara asosida to‘p tepayotgan vinger Markus Reshford «Manchester Yunayted»ga qaytishni rejalashtirmayapti.

Ingliz kataloniyaliklar safida ajoyib formaga kirdi – u «ko‘k-anorranglilar» safida ijara muddati tugagach, joriy mavsum yakunlangach ham o‘ynashni davom ettirmoqchi. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolardan biri – futbolchining maoshi. Biroq, insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, futbolchi rahbariyat bilan klub uchun qulayroq bo‘lgan yangi to‘lov tizimini bajonidil muhokama qiladi.

«Barselona» Markus Reshfordni sotib olishni rejalashtiryaptimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum, ammo ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, Kataloniyadagilar futbolchidan juda mamnun va u bilan doimiy shartnoma imzolamoqchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter