Parasport bilan shug‘ullanayotgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mexanizmi joriy etildi
So‘nggi yillarda mamlakatimizda parasportga bo‘lgan e’tibor yangi bosqichga ko‘tarildi. Buning samarasi o‘laroq, yuksak natijalarga erishilmoqda. Jahon miqyosida qayd etilayotgan rekordlarning aksari ham bizning irodali parasportchilarimizga tegishli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi PF-17-son farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 23 iyuldagi 462-son qarori asosida endilikda parasport bilan shug‘ullanuvchi yoshlar uchun qo‘llab-quvvatlash mexanizmi joriy etildi.
Unga ko‘ra, yo‘lkira xarajatlari qoplanishi:
Kambag‘al oilalar reestridagi 14–30 yoshgacha nogironligi bo‘lgan farzandlar uchun har oyda BHMning 1 baravarigacha miqdorda mablag‘.
Sportchilarni rag‘batlantirish:
6 oy davomida muntazam parasport to‘garagiga qatnashgan 14–30 yoshdagi yoshlar uchun BHMning 10 baravarigacha miqdorda sport formasi va inventar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu imkoniyatlar para sportchilarning yangi marralarni zabt etishga muhim pillapoya vazifasini o‘tashi maqsad qilingan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/