De Yong maoshi haqidagi mish-mishlar borasida fikr bildirdi

«Barselona» futbolchisi Frenki de Yong maoshi haqida fikr bildirdi. Avvalroq, 28 yoshli yarim himoyachi klub bilan shartnomasini uzaytirgan edi. Yangi shartnomaga ko‘ra, futbolchining maoshi yiliga olti million yevroni tashkil etishi aytilgandi.

«Men yangi shartnoma bo‘yicha qancha olishim mumkinligini hisoblamoqchi emasman. Bu mavzuda doim gap-so‘zlar, mubolag‘alar ko‘p bo‘lgan, lekin to‘g‘ri raqamlar e’lon qilinmagan. Bu odamlarga ta’sir qiladi. Agar ular mening Yevropadagi eng yuqori maoshli futbolchi ekanligimni o‘qishsa, menga boshqacha qarashadi. Bunda jurnalistlarning ham aybi bor,» – deya de Yongning so‘zlarini keltiradi Marca.

Niderlandiyalik 2019 yilda «Barselona»ga ko‘chib o‘tgan. Turli manbalarga ko‘ra, futbolchining o‘tgan yilgi shartnomasi bo‘yicha to‘lovi yiliga 20 dan 37 million yevrogacha bo‘lgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter