Luis de la Fuente: «Ko‘prog‘ini xohlaymiz»

Luis de la Fuente Ispaniya terma jamoasining rekord darajadagi mag‘lubiyatsiz seriyasi haqida gapirdi.

JCH-2026 saralashida Bolgariyani 4:0 hisobida mag‘lub etgan ispanlar o‘rtoqlik o‘yinlarisiz mag‘lubiyatsiz seriyani 29 o‘yinga (24 g‘alaba, 5 durang) yetkazdi va 2010-2013 yillarda Visente Del Boske davrida o‘rnatilgan rekordni takrorladi.

«Pedri shunchaki ajoyib futbolchi! U hech kim ko‘rmagan narsani ko‘radi.

Biz Ispaniya terma jamoasining rekord seriyasini takrorladik, ammo bu mening emas, futbolchilarning xizmati. Biz ko‘proq narsani xohlaymiz. Bu jamoa, bu jamoa yangi g‘alabalar, yangi yutuqlar uchun kurashishdan charchamaydi,» – dedi Ispaniya terma jamoasi ustozi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter