«Roma» «Manchester Yunayted» forvardiga da’vogarlik qilmoqda

«Roma» «Manchester Yunayted»ning hujumchisi Joshua Zirkzeeni o‘z safiga qo‘shib olishga intilmoqda.

Rimliklar qishda futbolchini ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Zirkzening mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali forvardning qiymatini 30 million yevroga baholamoqda. Ilgari futbolchi «Bolonya» jamoasida to‘p surgan.

Joshua «Manchester Yunayted» libosida jami 53 ta o‘yin o‘tkazgan. Bu uchrashuvlarda u «gol+pas» tizimi bo‘yicha «7+3» ko‘rsatkichni qayd etgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter