Grem Potter: «Moliyaviy ahvolim juda yaxshi»
Sentyabr oyi oxirida «Vest Xem» bosh murabbiyligidan ketgan Grem Potter Shvesiya terma jamoasini qabul qilib olishga tayyorligini ma’lum qildi. Aynan Shvesiyada Potter «Estersund»ga murabbiylik qilib nom qozongan.
50 yoshli Potter, shuningdek, taklif qilinayotgan maosh bo‘yicha yangi ish joyini tanlamasligini ta’kidladi.
«Mening omadim bor ekan, shunday karyera qurdimki, moliyaviy ahvolim juda yaxshi. Shu darajaga yetdiki, endi ishga kirishga rozi bo‘lish yoki bo‘lmasligim haqida qaror qabul qilishda moliyaviy hisob-kitob qilishim shart emas,» – dedi Potter.
Seshanba kuni Shvesiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini Yon Dal Tomasson tark etdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/