Ronaldu va Mbappeni solishtirishdi
Ozarbayjonning «Qorabog‘» klubi darvozaboni Shahrudin Magomedaliyev Madridning «Real» klubi forvardi Kilian Mbappe va «qirollik klubi»ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduni taqqosladi.
«Mbappe juda kuchli. Farqi shundaki, portugaliyaliklar bilan to‘qnash kelganimizda Krishtianu allaqachon to‘purar bo‘lib ulgurgandi. Mbappe esa hozir o‘zining eng yaxshi versiyasida,» – deya darvozabonning so‘zlarini keltiradi «Chempionat.»
Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida Mbappe 8 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Krishtianu Saudiya Arabistoni chempionatida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/