Zidan Anchelotti haqidagi fikrini aytib o‘tdi
Fransiyalik sobiq futbolchi Zinedin Zidan italiyalik murabbiy Karlo Anchelotti haqida fikr bildirdi.
«Anchelotti mening hayotimda muhim rol o‘ynadi. U shogirdlarini tinglaydigan murabbiydir. Bosh murabbiy jamoaning juda muhim qismi hisoblanadi, chunki aynan u tarkibni shakllantiradi. Agar uning yondashuvi jiddiy bo‘lsa, futbolchilar ham shunga yarasha bo‘ladi. U energiyani to‘g‘ri uzatishi kerak,» – deya Zidan.
Eslatib o‘tamiz, italiyalik murabbiy ayni damda Braziliya terma jamoasini boshqarmoqda. Bungacha Anchelotti Madridning «Real» klubini boshqargan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/