Gyulerning «Real»dan transferi uchun APLning ikki grandi «barcha narsaga tayyor»

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Arda Gyulerga hamon boshqa klublar qiziqish bildirmoqda.

20 yoshli futbolchiga Londonning «Arsenal» va «Tottenxem» klublari da’vogarlik qilmoqda, ular turkiyalik yulduzni o‘z safiga qo‘shib olish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor, deb xabar beradi Transfer News Live Grada 3 nashriga tayanib. Shuningdek, xavbek xizmatiga «Milan», «Borussiya» Dortmund», «RB Leypsig» va «Nyukasl» klublari qiziqish bildirmoqda.

Arda Gyuler joriy mavsum «Real» safida 10 ta o‘yinda 3 ta gol va 4 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 60 mln yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter