Klopp Germaniya terma jamoasi o‘yini va bosh murabbiy Yulian Nagelsman faoliyatiga baho berdi

«Liverpul» klubining sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi uchrashuvlaridagi o‘yini hamda milliy jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanning ishini sharhladi.

— Men bilaman, Germaniya terma jamoasida hammasi yaxshi bo‘ladi! Yulian — ajoyib murabbiy, bizda esa ajoyib futbolchilar bor, — dedi Klopp N-TV nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi bugun, 13 oktyabr kuni, jahon chempionati saralash bosqichining to‘rtinchi turida Shimoliy Irlandiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Belfast shahrida bo‘ladigan o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Manba: championat.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter