«Betis» «Real» hujumchisi Garsiyani ijaraga olmoqchi
Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya «Betis» qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
21 yoshli futbolchi «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibiga kira olmayapti – u joriy mavsumda faqat bir marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. Transfer News Live’ning Fichajes’ga tayanib xabar berishicha, «Betis» yosh ispaniyalikni ijaraga olishga tayyor – transfer yanvarda, qishki transferlar oynasi ochilganda amalga oshishi mumkin.
Gonsalo Garsiya joriy mavsumda Xabi Alonso jamoasining oltita o‘yinida bitta samarali uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ekspertlari istiqbolli hujumchining narxini 15 mln yevroga baholamoqda, uning «Real» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/