Gonsalo Garsiya: «Real»da har qanday pozisiyada o‘ynashga tayyorman»
Madridning «Real» klubi forvardi Gonsalo Garsiya boshqa pozisiyalarda o‘ynashga tayyormi, degan savolga javob berdi.
«Biz barchamiz jamoaga yordam berishga, qo‘limizdan kelgan joyda o‘ynashga va «Real» tarkibida istalgan vaqtda, istalgan pozisiyada maydonga tushishga tayyormiz. Agar Kurtua jarohat olsa, darvozabon pozisiyasida ham o‘ynagan bo‘lardim (kuladi)», – deb Garsiyaning so‘zlarini keltiradi Cadena SER.
Joriy mavsumda 21 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Garsiyaning «qaymoqranglilar» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/