«Inter» himoya chizig‘ida katta tozalashni amalga oshiradi
Milanning «Inter» jamoasi allaqachon o‘z tarkibini yoshartirishni rejalashtirmoqda. Klub o‘z himoya chizig‘ida katta tozalashni amalga oshirish niyatida.
Jurnalist Paskal Guarroning so‘zlariga ko‘ra, kelasi yozda «neradzurrilar» himoyachilar Franchesko Acherbi, Matteo Darmian va Stefan de Vreylar bilan xayrlashadi.
Futbolchilar hozirda mos ravishda 37, 35 va 33 yoshda. “Inter” 6 turdan so‘ng 12 ochko to‘plagan holda A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/