Ambrozini: «Leauning Allegrining tarkibiga qo‘shila olishiga shubha qilaman»

«Milan»ning taniqli sobiq futbolchisi Massimo Ambrozini Rafael Leauning yangi bosh murabbiy Massimiliano Allegri qo‘l ostidagi moslashuvi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

«Hozirda «Milan»da Leau eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzu. Biz uni qanday qilib taktik tizimga qo‘shishni aniqlashimiz kerak.

Uni zaxirada qoldirish, menimcha, to‘g‘ri qaror emas, lekin uning bu tarkibga qo‘shila olishiga shubha qilaman, ayniqsa Pulishich uning oldindagi sherigi bo‘lishini inobatga olsak.

Vaziyat murakkab ko‘rinadi», – dedi Ambrozini.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter