Mbappe: «Madrid Parijdan ko‘ra tinchroq»

«Real» klubi va Fransiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe Madridda o‘zini vatanidagiga qaraganda xotirjamroq his qilayotganini tan oldi.

«Madridga yaxshi moslashdim. U yerda menga tinchroq. Bu Fransiyaga nisbatan tanqid emas. Shunchaki u yerda yashash sharoitlari boshqacha – Madridda hammasi Parijdagidek tez emas. Boshimni tartibga keltirishga va oyoqlarimning kuchini tiklashga muvaffaq bo‘ldim», – dedi Mbappe matbuot anjumanida.

10 oktyabr, juma kuni Fransiya terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichi doirasida o‘z maydonida Ozarbayjonga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter