«Qorabog‘»ning YECHLda pley-offga chiqish imkoniyati ancha oshdi
«Qorabog‘» Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga yo‘l oladi, deb taxmin qilmoqda Opta portali.
Ozarbayjon klubi turnirning umumiy bosqichi startida ikkita o‘yinda g‘alaba qozondi – «Benfika» (3:2) va «Kopengagen» (2:0). Ikkala uchrashuvda ham «Qorabog‘» autsayder sifatida qayd etilgan edi.
Ayni paytda Ozarbayjon jamoasi «Bavariya», «Real», «PSJ», «Inter» va «Arsenal»dan keyin 6-o‘rinni egallab turibdi.
Opta superkompyuteri klubning pley-offga chiqishiga 67% beradi.
Tarkib qiymati bo‘yicha «Qorabog‘» ECHLning 36 ishtirokchisi orasida 35-o‘rinni egallab, faqat «Qayrat»dan oldinda. Transfermarkt portali ozarbayjonliklar tarkibini 24,8 mln yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/