«Qayrat» hujumchisi «Real» yulduzlaridan hayratlanmadi

«Qayrat» hujumchisi Jorjinyo Pereyra «Los Blankos»ga qarshi o‘yin oldidan «Real»ning hozirgi tarkibiga baho berdi.

Bugun, 30 sentyabr kuni Chempionlar ligasining 2-tur o‘yini bo‘lib o‘tadi.

«Vinisius, Mbappe, Rodrigo… Ular men uchun u qadar muhim emas, chunki men Krishtianu, Benzema, Di Mariya, Beyl, O‘zilni ko‘rganman.

Hurmat bilan aytganda, ular ham aql bovar qilmaydigan futbolchilar, ammo bu Krishtianuni tomosha qilish bilan barobar emas», – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Marca.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter