Dzyudochilarimiz Yevropa Ochiq Kubogini 4 ta medal bilan Top-5’da yakunlashdi
Chexiyaning Praga shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha Yevropa Ochiq Kubogi o‘z yakuniga yetdi.
Ikki kun davom etgan nufuzli musobaqa yakunida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 35 davlat orasida 5-o‘rinni egalladi. Jamoamizga yagona oltin medalni buxorolik 20 yoshli dzyudochimiz Zamohshari Bekmurodov taqdim etdi.
Shukurjon Aminova, Irisxon Qurbonboyeva va Muzaffarbek To‘raboyev Yevropa Ochiq Kubogi turnirining bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Bu Parij-2024 Olimpiadasi sovrindorining +100 kg vaznda qo‘lga kiritgan ilk medali edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/