«PSJ» himoyachisi dunyoning eng kuchli jamoasi kim ekanligini aytdi
«PSJ» markaziy himoyachisi Ilya Zabarniy Parij grandi safidagi debyut goli haqida fikr bildirdi.
Ukrainalik futbolchi Liga 1 6-turidan o‘rin olgan «Oser»ga qarshi uy uchrashuvida (2:0) gol urdi.
«Faqat oldinga intilish kerak. O‘z uyimizda birinchi golni urganimdan mamnunman. Oldimizga qo‘ygan maqsadlar sari birgalikda harakat qilamiz. Bizda dunyodagi eng yaxshi jamoa bor», – deya ukrainalik futbolchining so‘zlarini keltiradi Footmercato.
Ilya o‘tgan transfer oynasida «Bornmut»dan Parij jamoasi safiga qo‘shilgandi. 23 yoshli himoyachi bilan 5 yillik uzoq muddatli shartnoma imzolandi. Uning transferi «PSJ»ga 63 million yevroga tushgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/