«Barselona» darvozaboni Joan Garsiyaning jarohati tufayli yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi
«Barselona»ning ikkinchi jamoasi darvozaboni Diyego Kochen jarohat olgan Joan Garsiya tufayli asosiy jamoa safiga qaytarildi.
«Ko‘k-anorranglilar»ning asosiy darvozaboni yaqinda tizzasidan jarohat oldi va allaqachon operasiya qilindi – tiklanish bir oydan ko‘proq vaqt olishi mumkin. Bu vaqtda «birinchi raqam» Voysex Shesni bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, «Barselona» Kochenni yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatidan zudlik bilan chaqirib olishga majbur bo‘lgan. 19 yoshli kiper Chilida bo‘lib o‘tadigan turnirda AQSHning 20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasini himoya qilishi kerak edi, ammo buning o‘rniga u Xans-Diter Flik jamoasida Shesniga o‘rinbosar bo‘ladi.
Diyego Kochen «Barselona» o‘yinlari qaydnomasidan bir necha bor joy olgan, ammo hali debyut qilgani yo‘q.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/