Fransiya chempionati. «Marsel» safardagi g‘alaba evaziga peshqadamga aylandi
«Marsel» safarda Fransiya chempionatining 6-turida «Strasbur»ni mag‘lub etdi – 2:1.
Uchrashuvning 49-daqiqasida hisobni mezbonlar yarim himoyachisi Abdul Uttara ochdi. Ikkinchi bo‘lim oxirida mehmonlar hisobni tenglashtirdi – Pyer-Emerik Obameyang gol urdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda himoyachi Mikael Murilyo o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi va provansliklarga g‘alaba keltirdi.
«Marsel» (12) ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, Liga1 peshqadamiga aylandi. «Strasbur» (12) esa beshinchi o‘ringa tushib ketdi.
Manba: www.stadion.uz.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/