Keyn «Bavariya» safidagi 104-o‘yinida 100-golini kiritdi
«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn myunxenliklar safida 100 gollik dovondan oshdi.
32 yoshli ingliz Germaniya Bundesligasining 5-turidan o‘rin olgan «Verder»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. Keyn 45-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi va 65-daqiqada o‘yindan gol urdi. Endi u jamoa safida 104 ta o‘yinda 100 ta gol urdi.
2023 yilning yozida Keyn «Tottenxem»dan «Bavariya»ga o‘tdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/