«Al-Hilol» yarim himoyasi yetakchisi yana Yevropaga qaytishi mumkin

Italiyaning «Yuventus» klubi qishki transferlar vaqtida yarim himoya chizig‘ini mustahkamlamoqchi. Asosiy nomzod «Lasio»ning sobiq futbolchisi Sergey Milinkovich-Savich bo‘lib turibdi, deb xabar beradi Tuttospot.

Manbaga ko‘ra, klub direktorlari jamoaning markaziy zonasi sifat jihatidan ichki raqobatchilardan ortda qolayotganini anglab yetgan. Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubining hozirgi yulduzi Milinkovich-Savich, ularning fikricha, jamoani kuchaytirishi mumkin. Ushbu qiziqish haqidagi birinchi xabarlar sentyabr oyi boshida paydo bo‘ldi.

Shuningdek, «Yuventus» hozirda Portugaliyaning «Sporting» klubida to‘p tepayotgan daniyalik yarim himoyachi Morten Yulmann xizmatiga qiziqish bildirmoqda, ammo bu transfer kelasi yozgacha amalga oshmaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter