Maskerano Messining penaltini Suaresga berganiga izoh berdi
«Inter Mayami» MLSda «Nyu-York Siti»ni Lionel Messining dubli evaziga mag‘lub etdi (4:0).
Argentinalik xet-trikni rasmiylashtirishi mumkin edi: o‘yin oxirida «qo‘tonlar» penalti ishlab oldi va bu vaqtda bitta gol urgan Leo nuqtaga yaqinlashish huquqini Luis Suaresga berdi. Urugvaylik bu urinishni golga aylantirdi va bir oydan ortiq davom etgan golsiz seriyani to‘xtatdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Messi dublni rasmiylashtirdi.
«Messining penalti tepish qarori? U o‘z faoliyatida buni tez-tez amalga oshirgan. Leo har doim kimgadir o‘zidan ko‘ra ko‘proq gol kerakligini ko‘rganda yordam berishga harakat qiladi. Men uchun bu jamoaviy ruhning ajoyib namoyishi,» – deya bosh murabbiy Xavyer Maskeranoning so‘zlarini keltiradi Inter Miami News Hub.
Lionel Messi 24 ta gol bilan MLS to‘purarlari reytingida yetakchilik qilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/