Kompani Dembelening «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritganiga munosabat bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi ustozi Vensan Kompani Usmon Dembelening jahon futbolidagi eng nufuzli individual nominasiyadagi g‘alabasi haqida gapirdi – Dembele «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritib, ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan fransiyalik 6-futbolchiga aylandi.

«O‘tgan mavsum boshida hamma «PSJ»ni negadir e’tibordan chetda qoldirgandi, ammo u borgan sari kuchayib borayotgandi. Men Dembele «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritganiga hayron emasman, chunki u bu jamoada eng yaxshi edi,» – deya Kompani so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o‘tamiz, Dembele 2023 yildan buyon «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda, bungacha u Kataloniyaning «Barselona» klubi sharafini himoya qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter