Jastin Klyuyvert Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Otasidan o‘ttiz yil keyin, Jastin Klyuyvert ham Ginnes rekordlar kitobi mualliflaridan sertifikat olishga muvaffaq bo‘ldi – bu kitob insoniyatning barcha «eng sara» yutuqlarini o‘z ichiga oladi. O‘tgan yilning noyabr oyida Jastin «Bornmut» jamoasi tarkibida bir o‘yinda uchta penaltini amalga oshirdi va bu APL rekordi bo‘lib, nashr mualliflari fikricha, yuqorida tilga olingan kitobga kiritilishga munosib topildi.

Uning otasi esa faqat bitta gol urgan edi – ammo aynan shu gol uni Ginnes rekordlar kitobiga kiritgan. 1995 yil 24 may kuni Patrik Klyuyvert Chempionlar ligasi finalida «Ayaks» safida «Milan»ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi va hal qiluvchi golni urdi. U Chempionlar Ligasi finalida gol urgan eng yosh futbolchi bo‘ldi va hozirga qadar bu rekordni saqlab kelmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter