Arteta – «Manchester Siti» bilan o‘yin haqida: «Gvardiola bilan ilgari bunday bo‘lmagan»

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda jamoasining katta ustunligini kutmaganini tan oldi.

«Shaharliklar» Premyer-ligada «Arsenal»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobida yakunlangan o‘yinda bor-yo‘g‘i 33 foiz vaqt davomida to‘pga egalik qilishdi.

«O‘yinning 96 daqiqasi davomida «Arsenal»ning «Manchester Siti» ustidan bunday ustunligini taxmin qilishning iloji yo‘q edi. Ilgari Gvardiolaning 17 yillik murabbiylik faoliyatida bunday holat kuzatilmagan edi,» – dedi Arteta matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter