Dini Reshfordni tanqid qildi
O‘tgan haftada hujumchi Markus Reshford Chempionlar ligasi doirasida «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda ikkita gol urdi. Biroq «Barselona»ning navbatdagi o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushmadi.
Ma’lum bo‘lishicha, angliyalik mashg‘ulotga kechikib kelgani uchun jazolangan.
Sobiq futbolchi Troy Dini bu borada fikr bildirdi.
«Men Reshfordni yuqori baholaganlardan biri edim, chunki men unga nisbatan juda sinchkov edim. Lekin, bilasizmi, u doim shunday qiladi – hayratga soladi, keyin esa tizginni qo‘yib yuboradi. Har safar. U «Barselona»dagi qoidalarni bilar edi», – dedi Dini.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/