Italiyalik mashhur murabbiy Kontening uslubi haqida fikr bildirdi

Italiyalik mashhur murabbiy Arrigo Sakki A Seriya doirasidagi «Napoli» – «Piza» uchrashuvi yuzasidan fikr bildirdi. To‘rtinchi tur doirasidagi uchrashuv Antonio Konte shogirdlarining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Konteni bilaman, u o‘z futbolchilarini o‘tkazib yuborilgan 2 ta gol uchun koyib, to‘liq qoniqmaganini aytadi. Bu uning usuli va hozircha u juda yaxshi natijalar bermoqda. Endi vazifa jamoa atrofidagi eyforiyani yengib, konsentrasiyani saqlab qolishdan iborat bo‘ladi», – deya Sakkining so‘zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport.

«Napoli» 4 o‘yindan 4 tasida g‘alaba qozonib, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. «Yuventus» hisobida 10, «Milan» va «Roma»da 9 ochkodan bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter