Pedri: «Shaxsiy sovrinlar men uchun hech qachon katta ahamiyatga ega bo‘lmagan»

«Barselona» yarim himoyachisi Pedri yaqinlashib kelayotgan «Oltin to‘p»ni taqdirlash marosimi haqida gapirdi.

22 yoshli ispaniyalik o‘ttizta nomzod orasida edi, biroq avval xabar qilinganidek, bugun Parijda bo‘lib o‘tadigan marosimda qatnashmaydi.

«Oltin to‘p? Men «Barselona» bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni afzal ko‘raman. Shaxsiy sovrinlar men uchun hech qachon katta ahamiyatga ega bo‘lmagan. Men uchun jamoam har bir o‘yinda g‘alaba qozonishi va o‘z o‘yinlari bilan muxlislarni xursand qilishi muhimroq», – deya Pedrining so‘zlarini keltiradi ispan OAV.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter