Robson Amorimning ishdan bo‘shatilishiga qarshi chiqdi

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Brayan Robson mankunianliklar ustozi Ruben Amorimning kelajagi haqida gapirdi. Mutaxassisning fikricha, klub murabbiylarini tez-tez almashtirish shart emas.

«Biz allaqachon murabbiylarni ko‘p marta almashtirganmiz. Yo‘q, biz uni ishdan bo‘shatmaymiz. Biz uni ayblamaymiz. Qo‘lingda pul bo‘lsa va klub tarkibni o‘zgartirishga ruxsat bersa, jamoa ishini yo‘lga qo‘yish uchun uch yil kerak bo‘ladi,» – deya Robsonning so‘zlarini keltiradi The Telegraph.

Joriy mavsumda Amorim shogirdlari 4 turda atigi 4 ochko jamg‘ara olishdi. «Qizil iblislar» APL turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.

Bugun, 20 sentyabr kuni «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Chelsi»ga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter