Maguayr «Manchester Yunayted» transferlariga baho berdi
«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Xarri Maguayr klubning transfer kampaniyasi haqida qanday fikrda ekanini aytdi.
Yozda «qizil iblislar» 250 mln yevrodan ko‘proqqa yangi futbolchilar xarid qilishdi. Ruben Amorim jamoasi safini Binyamin Sheshko, Mateus Kunya, Brayan Mbeumo va Senne Lammenslar to‘ldirdi.
«Transferlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi – men buni doim aytganman. Men shunchaki «Manchester Yunayted» muvaffaqiyatga erishishini istayman. Har bir yangi kelgan odam bizga yordam berish uchun keladi, shuning uchun barcha transferlar muhim. Shunday qilib, raqobat kuchayadi, mashg‘ulotlarda standartlar oshadi. Klub uchun top-futbolchilarni taklif qilishni davom ettirish muhim va o‘tgan yozda bu juda yaxshi uddalandi, deb o‘ylayman. Bu omil joriy mavsumda o‘z rolini o‘ynashi kerak,» – deya Maguayrning so‘zlarini keltiradi UtdDistrict.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/