Alonso Xyoysenning diskvalifikasiyasi bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtaldi
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso himoyachi Din Xyoysen bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.
Avvalroq, «Real» Xyoysenning qizil kartochkasi yuzasidan ikki marta apellyasiya bergan, biroq diskvalifikasiya bekor qilinmagan edi.
«Men hayron emasman, lekin qaror boshqacha bo‘lishini istardim. Ertaga bizda Din bo‘lmaydi. Agar xatolik bo‘lsa, uning oqibati ham bo‘lishi kerak», – dedi ispaniyalik murabbiy jurnalistlarga.
«Real» 4 turdan so‘ng 12 ochko bilan Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/