Gordon: «Nyukasl» «Barselona» bilan ko‘rsatgan o‘yinidan faxrlanishi mumkin»
«Nyukasl» hujumchisi Entoni Gordon Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 1-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga (1:2) qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Nyukasl» ko‘rsatgan o‘yini bilan faxrlanishi mumkin. Dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi bahsda qo‘limizdan kelganini qildik. Darajadagi farq katta edi deb o‘ylamayman. Bizda yaxshi vaziyatlar bo‘ldi, ammo ulardan foydalanish kerak,» – deya Gordonning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/