Unai Simon: «Atletik» bilan YECHLga chiqish, boshqa joyda 10 ta unvondan ko‘ra ko‘proq qoniqish bag‘ishlaydi»
Ispaniya terma jamoasi va «Atletik Bilbao» darvozaboni Unai Simon jamoadagi o‘yinlari haqida gapirdi.
«Odamlar futbolga turlicha qarashadi. Ba’zilar pulni ustun qo‘yishadi. Ba’zilari unvonlarga. Ba’zilar senga hamma narsani berganlarning yonida o‘ynashdan zavqlanishadi. Albatta, men dunyoning eng yaxshi darvozaboni bo‘lishni xohlardim, albatta, Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lishni istardim, buni «Atletik»da qilish qiyin. Ammo «Atletik» bilan YECHLga yo‘llanma olish, «Atletik» bilan kubok yutish menga boshqa joylardagi 10 ta unvondan ko‘ra ko‘proq qoniqish bag‘ishlaydi,» – dedi u.
Simon «Atletik» safida 2014 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. Ushbu klub bilan u Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Terma jamoalar darajasida darvozabon Yevropa chempionati va Millatlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/