La Liga. «Espanyol» 10 kishi bo‘lib «Malyorka»ni yengdi va uchinchi o‘ringa ko‘tarildi
«Espanyol» o‘z maydonida Ispaniya La Ligasining 4-turida «Malyorka»ni mag‘lub etdi – 3:2.
«Espanyol» (10) La Ligada uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Malyorka» (1) 4 o‘yinda uchinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va turnir jadvalida so‘nggi pog‘onadan oldingi 19-o‘rinda bormoqda.
La Liga, 4-tur
Espanyol – Malyorka – 3:2
15 sentyabr, 23:59
Gollar: Pere Milya, 20 (1:0). Fernandes, 34 (2:0). Murichi, 45 – penaltidan (2:1). Murichi, 65 (2:2). Kike Garsiya, 81 – penaltidan (3:2)
Espanyol: Dmitrovich, Romero, Kabrera, Kalero, El Xilali (Terrats, 85), Pol Losano (Pikel, 58), Gonsales de Sarate, Puado (Sanches, 72), Pere Milya, Dolan (Rubio, 85), Fernandes (Kike Garsiya, 72)
Malyorka: Roman, Moxika, Kumbulla (Virxili, 46), Raylyo, Valyent, Morey (Maffeo, 46), Pablo Torre (Koshta, 71), Morlanes (Domenek, 82), Darder, Murichi, Djozef (Prats, 65)
Ogohlantirishlar: Pol Losano, 43. Kike Garsiya, 89 – Morey, 45
Chetlatish: Pere Milya, 45
Manba: www.stadion.uz.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/