Arnold Bundesliga rekordini o‘rnatdi
Germaniya chempionatida 3-tur o‘yinlari davom etmoqda, «Volfsburg» «Kyoln»ga qarshi bahs olib bordi va durang qayd etdi – 3:3. Klubining uchinchi, so‘nggi golini Maksimilian Arnold o‘z uslubida jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab kiritdi.
Bu uning Bundesligadagi faoliyati davomida jarima maydoni tashqarisidan urgan 22-goli bo‘ldi, bu Germaniya chempionatining bunday batafsil statistik ma’lumotlarni to‘plash davridagi yangi rekordiga aylandi.
Bungacha birinchi o‘rinlar Diyego va Marko Roysga tegishli edi – ular jarima maydoni tashqarisidan 21 tadan gol urishgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/