«Valensiya» sobiq darvozaboni: «Eng muhimi, Yamal maydonda manmanlik qilmaydi»
Ispaniyaning «Valensiya» klubi sobiq darvozaboni Santyago Kanisares Kataloniyaning «Barselona» klubi 18 yoshli yulduz vingeri Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
«Eng muhimi, bu yigit futbol maydonida manmanlik qilmaydi. Bu juda muhim nuqta. U gapirayotgan gaplar esa 18 yoshli yigitning so‘zlari. Yamal hali shaxs sifatida shakllanmoqda. Uni har bir so‘zi uchun baholashlari mumkin, biroq ideal bo‘lish oson emas», – deya Kanisaresning so‘zlarini keltiradi Marca gazetasi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/