Xoland: «Manchester Siti»ni azaldan kuzatib boraman»

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland jamoaga qo‘shilishdan oldin uzoq vaqt davomida klubni kuzatib kelganini tan oldi.

«Men «Manchester Siti»ni azaldan kuzatib boraman, ayniqsa Gvardiola davrida. O‘shanda «Red Bull Zalsburg» va «Borussiya»da o‘ynaganman va ba’zida «Siti» o‘yinlarini ko‘rib, ularga jarima maydonchasida hujumchi yetishmayapti degan xulosaga kelgandim.

U yerda bo‘lish va barcha daqiqalardan unumli foydalanish ajoyib bo‘lardi, deb o‘yladim», – dedi. Xoland.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter