Kilian Mbappe: «Chempionlar ligasi masalasida omadsiz odam bo‘lsam kerak»

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe «PSJ»dan ketganidan so‘ng birinchi mavsumdayoq parijliklar Chempionlar ligasini yutganidan keyin o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Albatta, yuzaki qaralsa, meni shunchaki omadsiz deb o‘ylash mumkin. «PSJ» kuchaydi, maqsadga yaqinlashayotgan edi… Biz esa 2023/2024 yilgi mavsumda yarim finalda «Borussiya»ga mag‘lub bo‘ldik, darvozaga 40 marta zarba berib, sakkiz marta to‘sin va ustunlarni nishonga oldik. Hanuzgacha qanday qilib keyingi bosqichga chiqmaganimizni tushuntira olmayman.

Mening bu jamoada do‘stlarim bor va do‘stlik men uchun juda muhim. Sen do‘stlaring to‘p surgan jamoa haqida yomon gapira olmaysan, hatto u «PSJ» bo‘lmagan taqdirda ham. Klub bilan mening tarixim tugadi va men hech qanday afsuslanmay ketdim», — deya Mbappening so‘zlarini keltiradi Le Parisien nashri L’Équipe’ga tayanib yozdi.

2024/2025 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finalida «PSJ» «Inter»ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

Manba: championat.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter