«PSJ» sobiq futbolchisi: «18 yoshingizda yiliga 10 million yevro ishlab topsangiz, qanday qilib ishtiyoqni birinchi o‘ringa qo‘yish mumkin?»

Argentina terma jamoasi va «PSJ»ning sobiq o‘yinchisi Xavyer Pastore zamonaviy futbol haqidagi fikrlarini bildirdi.

«Futbolchilar juda yosh paytlarida haddan tashqari ko‘p pul topishmoqda. 18 yoshingda yiliga 10 million yevro ishlab topsangiz, qanday qilib ishtiyoqni birinchi o‘ringa qo‘yish mumkin? Shuncha pul topganingizda, odamlar sizga yaqinlashishga urinadi, investisiyalar va boshqa o‘n minglab narsalar haqida gapiradi, lekin futbol haqida emas», – deya Pastorening so‘zlarini keltiradi L’Equipe.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter