Kyezani «Liverpul»dan qaysi klublar olib ketmoqchi bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi
«Liverpul» yozgi transfer oynasida Federiko Kyezani qo‘yib yubormadi. O‘tgan haftada italiyalik futbolchi uchun «Beshiktosh» taklif bilan chiqqan edi: turk klubi vingerni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishga tayyor edi, ammo «qizillar» rad javobini berishdi. Bundan tashqari, insayder Nikolo Skiraning ta’kidlashicha, iyul oyida A Seriyaning ikki vakili futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olishga uringan.
«Liverpul»da Federiko Kyeza Angliyadagi debyut mavsumini muvaffaqiyatsiz o‘tkazganiga qaramay, u bilan xayrlashishga umuman qiziqish yo‘q. E’tiborlisi, ingliz grandi 27 yoshli futbolchini joriy yilgi Chempionlar ligasi musobaqasining umumiy bosqichiga kiritmadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/