O‘rtoqlik o‘yini. Janubiy Koreya AQSHni mag‘lub etdi. Son Xyong Mindan gol+pas (videosharh)

Janubiy Koreya milliy terma jamoasi AQSHga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, ishonchli hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuv Nyu-Jersi shahridagi «Red Bull Arena» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Janubiy Koreya termasi tarkibida Son Xyong Min va Li Don Kyon gol urdi. Shuningdek, Son Xyong Min bir golli uzatma ham amalga oshirdi.

AQSH keyingi o‘rtoqlik uo‘yini doirasida Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi, Janubiy Koreya esa Meksika bilan o‘ynaydi. Ikkala bellashuv ham 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH terma jamoasi JCH-2026 musobaqasida mezbon sifatida ishtirok etadi. Jahon chempionati 2026 yil 11 iyundan 19 iyulga qadar o‘tkaziladi. Ilk bor tarixda turnir AQSH, Meksika va Kanadada birgalikda o‘tkaziladi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
7 sentyabr 2025, yakshanba
AQSH — Janubiy Koreya – 0:2
Gollar: 0:1 — Son Xyong Min, 19′, 0:2 — Li Don Kyon, 43′

Manba: stadion.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter