Mbappe Fransiya tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Juma kuni bo‘lib o‘tgan JCH-2026 saralashida Fransiya terma jamoasi Ukrainani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Didye Desham jamoasi tarkibida gollarga Maykl Olise va Kilian Mbappe mualliflik qildi.

Hozirda Mbappe hisobida Fransiya terma jamoasi safida 51 ta gol bor. Jamoa tarixidagi to‘purarlar reytingida Kilian Tyerri Anriga ikkinchi o‘rinda yetib oldi. Fransiya terma jamoasi safida faqat Olivye Jiru ko‘proq gol urgan – u 57 ta gol kiritgan.

Xabaringiz bor, klublar miqyosida Kilian Mbappe «Real» sharafini himoya qiladi.

Fransiya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 9 sentyabr, seshanba kuni o‘z maydonida Islandiyaga qarshi o‘tkazadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter